Xususiy bog‘chalar tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli mablag‘ni qaytarish muddati uzaytiriladi
O‘zbekistonda 2018-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli mablag‘larni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.
“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025-2026 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli joriy etiladi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.
2018-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli mablag‘larni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat bog‘chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
2025 yil 1 sentabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.
2025 yil 1 yanvardan qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
07:50 / 17.12.2024
Har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuziladi
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
13:23 / 15.10.2024