Milliy statistika qömitasi xabariga köra, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida aholi mablağlari hisobidan asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar hajmi 26 trillion sömga yetdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,6 foizga köpdir.

Aholi mablağlari hisobidan yönaltirilgan investitsiyalarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagiça taqsimlandi:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 1 267,5 mlrd söm;
  • Andijon viloyati – 1 996,2 mlrd söm;
  • Buxoro viloyati – 2 695,7 mlrd söm;
  • Jizzax viloyati – 940 mlrd söm;
  • Qaşqadaryo viloyati – 1 885,7 mlrd söm;
  • Navoiy viloyati – 1 705,7 mlrd söm;
  • Namangan viloyati – 2 424,1 mlrd söm;
  • Samarqand viloyati – 1 320,1 mlrd söm;
  • Surxondaryo viloyati – 1 860,8 mlrd söm;
  • Sirdaryo viloyati – 252,4 mlrd söm;
  • Toşkent viloyati – 3 497 mlrd söm;
  • Farğona viloyati – 1 829 mlrd söm;
  • Xorazm viloyati – 2 326,1 mlrd söm;
  • Toşkent şahri – 1 995,1 mlrd söm.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, aholi mablağlari hisobidan asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar hajmi böyiça Toşkent viloyati yetakçi sanaladi. Keyingi örinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallamoqda.

Sirdaryo viloyati esa aholi mablağlari hisobidan investitsiyalar hajmi eng past qayd etilgan hudud böldi.