Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlarning fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligi majburiy sug‘urta qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan belgilanishicha, “Tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatni amalga oshirishda javobgarligi va majburiyati, shuningdek, ular tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatilganligi;
tibbiyot xodimlarining fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ularning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 sentabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 oktabr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026