Özbekistonda majburiy tibbiy suğurta tizimi 2021 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorida aytilgan.

Dasturga köra, “Majburiy tibbiy suğurta töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

2021 yildan boşlab, majburiy tibbiy suğurta tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş;

majburiy tibbiy suğurta tizimiga bosqiçma-bosqiç ötiş böyiça normativ-huquqiy bazani şakllantiriş;

soğliqni saqlaş ehtiyoji uçun ajratilayotgan pul mablağlarini jamlaş va taqsimlaş mexanizmlarini takomillaştiriş;

“har bir töliq davolangan holat” hisobidan kelib çiqib, moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy qiliş;

tibbiy suğurta dasturlarini amalga oşirişga nodavlat tibbiyot taşkilotlarini keng jalb etiş.

Qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça mas'ul ijroçilar - Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2019 yil 1 iyul, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2019 yil 1 avgust.