O‘zbekiston | 21:42 / 20.02.2018
6306
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes forumi ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarida yangi sahifa ochdi

Foto: Xalqaro Press-klub

20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda o‘tgan O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes forumi ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Ozarboyjon Respublikasi Milliy ishbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li shunday bayonot bilan chiqdi. 

"Ikki mamlakat munosabatlarining rivojlanishida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevlarning do‘stligi katta ahamiyatga ega. Siyosiy qo‘llab-quvvatlash va xalqlar do‘stligi bor joyda munosabatlarning rivojlanishi tabiiy. Bu O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes hamkorligining yangi bosqichi, yangi sahifasi deb o‘ylayman. Albatta, mamlakatlarimiz uzoq yillardan buyon do‘stlashib, bir-birini qo‘llab-quvvatlab keladi, lekin bugungi biznes-forum ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalariga yangicha hayot bag‘ishlashi shubhasiz. Biz ham sizlar kabi investitsiyalar uchun ochiqmiz, shunday ekan, munosabatlarimiz o‘zaro manfaatli bo‘ladi", - dedi u. 

Foto: Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li /Xalqaro Press-klub

Shu bilan birga, Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li Ozarboyjonda - O‘zbekiston savdo uyi, O‘zbekistonda esa - Ozarboyjon savdo uyini ochish taklifi bilan chiqdi. U O‘zbekiston va Ozarboyjon savdo palatalari G‘arb va Sharq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashi kerakligini ta'kidladi. 

Bundan tashqari, Ozarboyjon Milliy ishbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti turizm sohasida ham hamkorlik salohiyati katta ekanini alohida qayd etdi.

Mavzuga oid