Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklari tuzilmasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyati hokimining tegishli qarori bilan Xidirova Zulxumor Abdurashidovna viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Z.Xidirova 1968 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda hozirgi Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
Z.Xidirova faoliyati davomida 2015-2017 yillarda 1-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, 2017-2020 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2020-2021 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Mazkur tayinlovgacha Z.Xidirova Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qashqadaryo viloyati hokimining qarori bilan Karamova Komila Zaydullayevna viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovgacha K.Karamova viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
21:25 / 27.12.2025
Endi hokim o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmasiga ham rahbarlik qiladi
18:20 / 20.11.2025
Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari ozodlikdan mahrum qilindi
14:54 / 05.10.2025
Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
22:19 / 14.07.2025