Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimi örinbosari A.Q. sud hukmi bilan firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 40 yoşli A.Q. 2020 yil may oyidan qamoqqa olingan kuni – 2025 yil 22 sentabr kuniga qadar Sariosiyo tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan.

U 2025 yil 5 fevral kuni öz xizmat xonasida tanişlari G.S. va S.D.ni qabul qilgan. Hokim örinbosari suhbat jarayonida S.D.ga uni tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölim rahbariga topşiriq beriş orqali boğçaga işga kiritib qöyişni va’da bergan. Buning uçun xizmat xonasida tanişi S.G. vositaçiligida 500 dollar olib, pulni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

A.Q. sudda aybiga qisman iqror bölgan va pulni qarz sifatida olganini, keyinçalik bu pulni oila a’zolari orqali qaytarib berganini bildirgan.

“S.D. qarzga 500 dollar pul olib kelib bergan. Unga pul evaziga işga kiritişni va’da qilmaganman. S.D. turmuş örtoğimning uzoq qarindoşi böladi. Öğlim avtohalokatga uçragani, maşinani ta’mirlaş uçun pul kerak bölib qolgani uçun S.D.dan qarzga 500 dollar söraganman. U mendan Yangi hayot mahallasiga işga kiriş masalasini söragan. “Kirsang böladi, joy böşaydi, boğça mudirasi “dekret”ga çiqyapti”, deya tavsiya berganman”, degan hokim örinbosari suddagi körsatmasida.

Guvohlar S.D. va G.S. sudda tergovdagi körsatmasini özgartirib, pulni hokim örinbosariga qarz sifatida berişganini, A.Q. işi böyiça ulardan noqonuniy ravişda ariza, körsatuvlar olişganini, tergov organiga bergan körsatuvlarini hozirda rad qilişlarini bildirişgan. Biroq sud ularning sudda bergan körsatuvlarini javobgarlikdan qutuliş uçun bildirilgan vajlar deya baholagan.

JIB Sariosiyo tuman sudining hukmi bilan A.Q. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil 1 oy davlat hokimiyati tizimida mansabdor va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Hokim örinbosarining yaqin qarindoşlaridan qaytarib olingan 500 dollar pulni S.D.dan davlat daromadiga undiriş belgilangan.

Avvalroq Andijonda tuman hokimi örinbosari 15 ming dollar pora bilan uşlangandi