Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albert Eynshteynning eng mashhur fotosurati sotuvga qo‘yiladi
Albert Eynshteynning eng mashhur fotosurati – olim o‘z tilini ko‘rsatib turgan tasvir 27 iyul kuni kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda Nate D. Sanders Auctions auksion uyi saytida xabar berildi. Suratga Eynshteynning o‘zi imzo qo‘ygan. Fotoning avvalgi nusxalari maksimum 44 ming dollarga sotilgan.
Fotosuratni Artur Sasse Eynshteyn 72 yoshga to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan bazmdan so‘ng olgan. Charchagan fizik mashinaga o‘tirganida, fotosuratchi uning yoniga kelib, undan fotoga tushishni so‘ragan. Eynshteyn unga qayrilib, tilini chiqargan. Fizik bazmda olingan barcha fotosuratlarning nusxasini olgach, so‘nggisini alohida maqtagan va undan ko‘plab nusxalar ko‘chirib berishni so‘raydi. Shundan so‘ng, u bu fotosuratlarni tabrik xatlari bilan birga yuborgan.

Sotuvga qo‘yiladigan foto shunisi bilan e'tiborga loyiqki, unda Eynshteynning hamrohlari – Prinstondagi istiqbolli tadqiqotlar instituti direktori Frenk Eydelott va uning rafiqasi Mari Janettni ham ko‘rish mumkin. Biroq, ko‘plab suratlar shunday kesilganki, ularda faqatgina Eynshteynning o‘zi tasvirlangan.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
17:18 / 24.08.2024
Fotojamlanma: 2024 yilning eng yaxshi oq-qora fotosuratlari e’lon qilindi
08:05 / 25.07.2024
Toshkentda fuqaroning suratini “firibgar” yozuvi bilan tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 29.03.2024