2024 yilning eng yaxşi oq-qora fotosuratlari Black and White Photo Award xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot uçun suratlar beşta kategoriya böyiça tanlab olinadi: arxitektura, köça, portret, flora-fauna hamda landşaft. Tanlov davomida 30 ga yaqin surat pul mukofotlariga loyiq körildi, ulardan 15 tasi örin olmasa-da, oltin, kumuş, bronzaga teng faxriy suratlar deya e’tirof etildi. Mukofot uçun 5500 yevrodan ortiq mablağ ajratilgan, şundan 1000 yevrosi tanlovning mutlaq ğolibiga beriladi.

Black and White Photo Award öz saytida 2024 yilning eng yaxşi oq-qora suratlari ğoliblarini e’lon qildi.

Tanlovning mutlaq ğolibi

Destroy Together (Birgalikda yöq qilamiz) Muallif: Haykun Liang

2024 yilgi oq-qora fotosuratlar tanlovining mutlaq ğolibi Haykun Lyang böldi. Destroy together surati Xitoydagi bahor festivali davomida olingan.

Ijodkorlik uçun tanlov hamkori tomonidan berilgan maxsus mukofot

Tanlov hamkori SanDisk Professional kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ijodkorlik uçun maxsus mukofot Spiral to the tower suratiga nasib etdi. Surat muallifi Laslo Totning texnika va ijod uyğunlaşgan surati uni uşbu fototanlovning asosiy ğoliblaridan biriga aylantiradi.

Spiral to the Tower (Minorani öragan spiral) Muallif: Laslo Tot

Arxitektura kategoriyasi ğolibi

Architectural Playground (Arxitekturali öyin maydonçasi) Muallif: Florian Krihbaumer

Köça suratlari kategoriyasi ğolibi

Baker Street Station 3 (Beyker-strit 3-stansiyasi) Muallif: Zenhuan Zou