Jamiyat | 09:24 / 08.03.2018
6694
2 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs talonchilik va bosqinchilik jinoyatini sodir etdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 mart soat 18.30larda Toshkent viloyati Qibray tumani Parvoz mahallasi Mevazor ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan D.I. Bodomzor yo‘li ko‘chasi 8-uyning 1-yo‘lagidagi lift ichida Zarbuloq ko‘chasida yashovchi, 9-sinf o‘quvchisi, A.D.ni qo‘rqitib, sariq metalldan yasalgan ziragi, uzugi va “Redmi” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida Toshkent viloyati Qibray tumani Parvoz mahallasi Mevazor ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan D.I. ushlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, D.I. bundan tashqari 5 mart kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida TTZ 2-daha 57-uyda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan O.U.ning uyiga bostirib kirib, shu uyda mehmonda bo‘lgan qarindoshi, D.R.ning yuziga qo‘llari bilan urib, bo‘g‘ib o‘ldirish bilan qo‘rqitib, pullari, “Ayfon” mobil telefoni bo‘lgan sumkasi va bo‘ynidagi sariq metalldan yasalgan zanjirini yulib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid