Jahon | 08:45 / 27.07.2018
19525
1 daqiqa o‘qiladi

«Uxlamanglar». Putin Hindiston bosh vaziri bilan uchrashuvdan avval Rossiya delegatsiyasini tergab qo‘ydi

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvdan avval Rossiya delegatsiyasini tergab qo‘ydi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Ta'kidlanishicha, BRIKS sammitining ish kuni payshanba, 26 iyul kuni boshlanib, tungi vaqtlarga qadar davom etgan: Putin kunning birinchi yarmida sammit tadbirlarida ishtirok etdi, ikkinchisida esa xorijiy davlatlar yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

«Uxlamanglar», - dedi Putin Rossiya delegatsiyasiga qarab. U muzokaralar xonasiga kirib kelgach, shunday degan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid