AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin 29 aprel kuni bir yarim soat mobaynida telefon orqali muloqot qildi.
RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, Putin Trampga 9 may kuni sulh e’lon qilişga tayyorligi haqida ma’lum qilgan.
Putin Donald Trampga yaqinda sodir etilgan suiqasd munosabati bilan qöllab-quvvatlaş sözlarini bildirdi va bu jinoyatni qoraladi, degan Uşakov.
«Donald Tramp yaqinda Rossiya tomonidan e’lon qilingan Pasxa sulhini ijobiy baholadi. Şu munosabat bilan Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga Ğalaba kunini nişonlaş davrida ham sulh e’lon qilişga tayyorligini ma’lum qildi. Tramp uşbu taşabbusni faol qöllab-quvvatladi», – deya Uşakovning sözlarini keltirgan «Interfaks».
Ammo biroz ötib, Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot çoğida Tramp sulh ğoyasi özidan çiqqanini aytdi.
«Prezident Putin bilan uzoq suhbatlaşdim. Men kiçik sulh taklif etdim va öylaymanki, u buni qila oladi. U şu bilan boğliq nimadir e’lon qilişi mumkin. U hali buni e’lon qilmadimi? Men undan qisqa vaqtga bölsa ham otaşkesim e’lon qilişni söradim... U yerda juda köp odam halok bölmoqda, bu ahmoqlik», – degan AQŞ prezidenti.
Uşakovning sözlariga köra, Tramp Putinga Ukrainadagi nizoni hal qiliş böyiça kelişuvga juda oz qolganini aytgan. «Bizning prezident nima bölganda ham maxsus harbiy amaliyotning barça maqsadlariga erişilişini yana bir bor tasdiqladi», – deya qöşimça qildi Uşakov.
Tramp Putin bilan Ukraina haqidagi muloqoti haqida şunday dedi: «Biz juda yaxşi suhbat ötkazdik. Biz tez orada bir yeçimga kelamiz, deb umid qilaman. Menimça, u yeçimni körişni istaydi, şunday deyişim mumkin. Va bu yaxşi».
Tramp Eron va Ukrainani qanday adaştirib yubordi
Matbuot anjumani çoğida Tramp jurnalistlardan birining ikki uruşdan qaysi biri tezroq tugaşi haqidagi savoliga javob berar ekan, katta ehtimol bilan, Eron va Ukrainani çalkaştirib yubordi.

«Bilmayman. Balki vaqt çegaralari bir xil bölar», – deya javob qaytardi AQŞ prezidenti. Va şunday davom ettirdi: «Ukraina… harbiy nuqtayi nazardan ular mağlubiyatga uçraşdi. Feyk naşrlar buni sizga aytmaydi, ammo harbiy nuqtayi nazardan… Flot… 159 kema – va ular barçasi hozir suv ostida yotibdi».













