2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
«Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m ekani e’tiboridan, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi», - deyiladi Musulmonlar idorasi raisi tomonidan imzolangan qarorda.
Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 34 million so‘m va undan ortiq mablag‘ga yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bo‘lgan musulmon kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.
Shuningdek, Fitr sadaqasi miqdori
- bug‘doydan 2 kg — 10 000 (o‘n ming) so‘m;
- arpadan 4 kg — 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
- mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) so‘m;
- xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori esa «Bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib», o‘rtacha kunlik qiymati 25 ming so‘m, bir oylik miqdori esa 750 ming so‘m etib belgilandi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
Mavzuga oid
18:19 / 07.03.2024
2024 yil uchun zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qilindi
17:28 / 24.03.2023
2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
11:20 / 25.04.2022
Zakot hisoblash bo‘yicha onlayn kalkulyator ishga tushdi
16:11 / 21.10.2021