Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026 / hijriy 1447 yilgi Ramazon oyi uçun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori böyiça qarori qabul qilindi. Unga köra:
Zakot nisobi
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uçun zakot nisobini «taqriban 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib çiqib» — 100 million söm deb belgiladi. Şu asosida kamida 85 gramm tilla yoki 100 million söm pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi tijorat moli bölgan kişi, jami mablağining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida kambağallarga berişi farzdir.

Fitr sadaqasining miqdori esa quyidagiça belgilandi:
- 2 kg buğdoy yoki uning qiymati – 10 ming söm; (narxlar taqriban keltirilgan)
- 2 kg buğdoy uni yoki uning qiymati – 12 ming söm;
- 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 ming söm;
- 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 ming söm;
- 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 ming söm.
Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu beş mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambağalga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida — hayit namozi öqilgunga qadar beriş kerak böladi.
Fidya miqdori
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Ya’ni, har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu beş mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.












