Qarorga köra, zakot nisobi 40 mln söm etib belgilandi. Ya’ni kimda zarur ehtiyojidan taşqari 40 mln söm va undan ortiq pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bölsa, jami mablağining qirqdan birini (2,5 foizi) zakot niyatida haqdorlarga beradi. 

Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:

- buğdoydan  – 14 ming söm;

- arpadan  – 20 ming söm;

- mayizdan  – 110 ming söm;

- xurmodan  – 180 ming söm. 

Qayd qilinişiça, har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berişi mumkin. 

Ta’kidlanişiça, fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratişi kifoya qiladi.