O‘zbekiston | 13:48 / 09.09.2022
13657
1 daqiqa o‘qiladi

«Bakalavriatdagi 2 mingdan ortiq ta’lim yo‘nalishini bu o‘quv yilida yana qisqartiramiz» - Toshqulov

AOKAda talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ijara va to‘lov-kontrakt masalalari mavzusida oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirga yildan yilga yangi kvotalar, yo‘nalishlar ochilayotgani, biroq yangi ish o‘rinlari yaratilmay turib, bunaqa yo‘nalishlarni ochib tashlayverish qanchalik to‘g‘ri ekani borasida savol berildi.

Abduqodir Toshqulovga ko‘ra, bu o‘quv yilida yo‘nalishlar umumlashtiriladi, kamaytiriladi. 

«60 ta ta’lim yo‘nalishini professional ta’lim darajasiga tushirdik. Masalan, universitetlarda «kutubxona yo‘nalishi» degan ta’lim yo‘nalishi bor, holbuki bu yo‘nalish bo‘yicha texnikumlar ham mutaxassis chiqara oladi. Bakalavriatdagi 2 mingdan ortiq ta’lim yo‘nalishini bu o‘quv yilida yana qisqartiramiz», - dedi u.

Ta’kidlanishicha, har bir mutaxassislik va kasb bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish muhim. Hozir Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan shu yo‘nalishda ish olib borilayotgani, bunga 1 yil vaqt kerak ekani aytiladi.

Mavzuga oid