Jamiyat | 17:34 / 05.05.2018
3748
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida davlat aktivlari va ko‘chmas mulk obektlarini sotish faqat elektron savdolar orqali amalga oshiriladi 

Toshkent viloyati 2018 yilning 10 mayidan boshlab davlat aktivlari va ko‘chmas mulk obektlarini sotish faqat «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasida onlayn-auksion shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali amalga oshiriladi.

Sotuvdagi obektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasidan hamda Davlat raqobat qo‘mitasining privatization.gkk.uz va «E-ijro auksion»ning www.e-auksion.uz saytlari orqali olish mumkin.

Ta'kidlab o‘tish joizki, elektron savdolarda ishtirok etish tartibi www.e-auksion.uz saytida keltirilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid