Qashqadaryoda ichimlik suvi bilan dalani sug‘organ yana bir dehqon jazolandi
Unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida Qashqadaryo viloyati, Uymovut qishlog‘ida yashovchi fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sudlanuvchi «A.Yo.I.» fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib, «Shahrisabz-Qarshi» magistral quvuriga 76 mm quvur orqali noqonuniy ulangan va ichimlik suvi bilan ekinlarini sug‘organ. Uning qancha muddat davomida suv o‘g‘irlagani haqida ma’lumot berilmagan. Ammo «Qashqadaryo suv ta’minoti» korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori 60 mln so‘mdan ortiq ekani aytilmoqda.
Sud to‘plangan hujjatlar va tomonlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib, fuqaroga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan. Shuningdek, yetkazilgan zararni undirib olish to‘g‘risida hukm chiqargan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida dalasini bir necha yillar davomida ichimlik suvi tarmog‘i orqali sug‘orib kelgan dehqon 3 yilga qamalgan edi.
Mavzuga oid
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024