Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tuman sudida Qaşqadaryo viloyati, Uymovut qişloğida yaşovçi fuqaroga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqildi. Bu haqda «Özsuvta’minot» AJ xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, sudlanuvçi «A.Yo.I.» fermer xöjaligi rahbari bölib, «Şahrisabz-Qarşi» magistral quvuriga 76 mm quvur orqali noqonuniy ulangan va içimlik suvi bilan ekinlarini suğorgan. Uning qança muddat davomida suv öğirlagani haqida ma’lumot berilmagan. Ammo «Qaşqadaryo suv ta’minoti» korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori 60 mln sömdan ortiq ekani aytilmoqda. 

Sud töplangan hujjatlar va tomonlarning körsatmalarini örganib, fuqaroga 1 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinlagan. Şuningdek, yetkazilgan zararni undirib oliş töğrisida hukm çiqargan. 

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumanida dalasini bir neça yillar davomida içimlik suvi tarmoği orqali suğorib kelgan dehqon 3 yilga qamalgan edi.