Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumanida dalasini bir neça yillar davomida içimlik suvi tarmoği orqali suğorib kelgan dehqonga sud hukmi öqildi.
4 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudida Balxiyak qişloğida yaşovçi O‘.A.ga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqildi. Ma’lum bölişiça, u 2010 yilda dehqon xöjaligi taşkil etib, «Talimarjon-Muborak» magistral suv quvuriga noqonuniy ulanib, içimlik suvidan ekinlarini suğorib kelgan.
«Qaşqadaryo suv ta’minoti» MÇJ xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmişi foş bölib, jamiyatga 282,7 mln söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Sud töplangan hujjatlar va tomonlarning körsatmalarini örganib, O‘.A.ni 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Şuningdek, yetkazilgan 282,7 mln sömlik zararni undiriş haqida hukm çiqargan.











