Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus komissiya ruxsat berishiga qaramay, chegaradan o‘tishdagi muammolar bo‘yicha izoh berildi
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdulhamid Abdurahmonov maxsus komissiya bayoniga asosan 1 oktabr kunidan boshlab chegaradan o‘tishga ruxsat berilgani bo‘lsada, hozirgacha chegaradan o‘ta olmayotgan fuqaroning murojaati bo‘yicha izoh berdi.
«Davlat chegarasi orqali o‘tkazish bir davlatning emas, balki ikki tomonning ruxsati bilan amalga oshirilishini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligi qo‘shni davlatlar bilan bu borada bir qator tadbirlar o‘tkazdi. Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida, shuningdek, qo‘shni davlatlar chegara qo‘shinlari bilan kelishgan holda Davlat chegarasidan fuqarolarni o‘tkazish masalasida ba'zi natijalarga erishildi.
Jumladan, joriy yilning 1 sentyabridan Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradagi o‘tkazish punktlari faoliyati tiklandi, 16 oktabr kunidan — Afg‘oniston Islom Respublikasi, 23 oktabr kunidan — Qozog‘iston Respublikasi bilan chegarada ma'lum bir toifadagi fuqarolarning harakatlanishiga ruxsat berildi.
Turkmaniston tomoni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, kiritilgan cheklovlarni o‘zgarishsiz qoldirish fikrini bildirdi. Tojikiston tomoni hozirda ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaroriga asosan, temir yo‘l va havo transportida muntazam reyslar xorijiy davlatlar bilan kelishgan holda yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan», dedi Abdulhamid Abdurahmonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Shuningdek, karantindan oldin O‘zbekistonga Rossiyadan o‘z yengil avtomashinasida kelgan, endi Rossiyaga ushbu avtomashinada qaytib keta olmayotgan murojaatchining savoliga javob berilgan.
«G‘isht-ko‘prik» avtoyo‘l o‘tkazish punkti orqali koronavirus infeksiyasiga chalinmaganligingizni tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etgan holda chiqib ketishingiz mumkin.
Bunda Qozog‘iston Respublikasi Maxsus komissiyasining ruxsatnomasi bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki Qozog‘iston tomoni uchinchi davlat fuqarolariga yoki transport vositalariga mamlakatga kirishga yoki avtomobilda tranzit o‘tishga ruxsat bermagan», dedi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.
Mavzuga oid
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
09:19 / 14.02.2026
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026