Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Ipak yo‘lining Samarqand tasvirlangan 30 metrlik xaritasi topildi
Foto: Getty Images
Pekindagi Gugun muzeyi kolleksiyasi bugungi kungacha Yaponiyada saqlanib kelgan, Buyuk Ipak yo‘lining noyob xaritasi bilan to‘ldirildi.
Xarita uzunligi 30,12 metr, eni 0,59 metrlik ipak o‘ramga tushirilgan. Unda 211 ta oriyentir, jumladan Samarqand ham tasvirlangan. Xaritaga ko‘ra, yo‘l Xitoyning Tszyayuyguan darvozasidan boshlanib, Osiyo va Afrikaning birin-ketin 10 davlati, jumladan zamonaviy O‘zbekiston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron, Suriya, Iroq, Saudiya Arabistoni va Misr orqali o‘tib Makkada yakunlanadi.
Xarita Min sulolasi (1368-1644 yy.) hukmronligi o‘rtalari yoki oxiriga tegishli. Ajablanarlisi, xaritaning yaponiyalik egalari uni peyzaj deb o‘ylashgan. Xaritadagi barcha nomlar mo‘g‘ulcha, forscha va arabchada berilgan. Bu xarita Xitoyning Shimao Group kompaniyasi rahbari Syuy Junmao tomondan 20 mln dollarga sotib olingan va Gugun muzeyiga topshirilgan.
Olimlarning fikricha, xarita to‘liq emas. Ularning taxminicha, xaritaning dastlabki uzunligi 40 metrni tashkil qilgan. Ayni vaqtda xarita restavratsiya qilinmoqda, deb xabar bergan “Sinxua” axborot agentligi.
Mavzuga oid
20:33 / 20.12.2025
Qurilayotgan obektlar haqida ma’lumot beradigan platforma ishga tushdi
07:45 / 15.12.2025
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi
14:09 / 11.11.2024
Yandex xaritalariga O‘zbekistondagi mashhur joylarning 3D modellari kiritildi
12:04 / 28.12.2023