Ko‘chmas mulk | 20:33 / 20.12.2025
3168
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilayotgan obektlar haqida ma’lumot beradigan platforma ishga tushdi

Saytda foydalanuvchi tanlagan hudud interaktiv xaritada alohida ranglar bilan ajratilgan zonalar ko‘rinishida aks etadi.

Saytdan skrinshot

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, qurilayotgan obektlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi interaktiv xarita ishga tushirildi. 

Undan foydalanish uchun DShQ.shaffofqurilish.uz platformasiga kirish lozim. Saytda foydalanuvchi tanlagan hudud interaktiv xaritada alohida ranglar bilan ajratilgan zonalar ko‘rinishida aks etadi.

Unda barcha qurilayotgan obektlar uch toifaga ajratilgan:

qizil — qurilishi to‘xtatilgan;

ko‘k — qurilish jarayonida bo‘lgan;

qora — muzlatilgan (bekor qilingan) qurilish loyihalari.

Xaritada obektlarning seysmik darajasini ham ko‘rish mumkin.

Vazirlikning bildirishicha, bugunga qadar 20 milliondan ortiq aholi yashaydigan hududlar raqamlashtirilgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid