Itiner-e loyihasi topografik xaritalaş, sun’iy yöldoş tasvirlari va asrlar davomida töplangan tarixiy manbalarni birlaştirdi. Loyiha mualliflariga köra, bu — şu turdagi birinçi oçiq ma’lumotlar töplami.

“Bu Rim arxeologiyasidagi eng sirli mavzulardan biri. Hatto maqol bor: ‘Barça yöllar Rimga eltadi’. Unda nega men Rimning barça yöllarini şunçaki yuklab ola olmayman? Ular qayerda?”, — deydi Daniyadagi Orxus universiteti tadqiqotçisi Tom Brugmans.

Brugmans va uning hamkasblari turli tadqiqotlardagi ma’lumotlarni jamlab, avvaldan ma’lum bölgan yönalişlar asosida eng real yöllarni qayta tikladi. Natijada ular milodiy 150 yildagi yöllar tarmoği xaritasini yaratdi. Olimlar har bir yöl bölagini manbalar sifatiga qarab işonç darajasi bilan baholagan.

Tadqiqotçilar hisob-kitobiga köra, öşa davrda yöllar tarmoğining umumiy uzunligi taxminan 299 171 kilometr bölgan. Bu Yunon va Rim dunyosi böyiça Barrington atlasida keltirilgan bahodan (188 555 kilometr ) ança köp.

Olimlarda köp yöllarning boşlanişi va tugaşi haqida işonçli ma’lumot bor, ammo butun tarmoq uzunligining atigi 2,8 foiz qismigina nisbatan aniq belgilanişi mumkin — toğlarda xatolik 50 metrgaça, tekisliklarda esa 200 metrgaça bölişi mumkin. Şuningdek, arxeologlarga Rim yöllarini qazib örganiş uçun moliya topiş qiyin. Şu sababli yöllarni örganiş işlarining katta qismi amalga oşmagan.

Rim imperiyasining asosiy yöllari tarix davomida qayta-qayta qurilgani uçun, ularning ilk yönalişini har doim ham aniqlaş mumkin emas. Masalan, toğli hududlarda avvaldan yölak yoki yönaliş mavjud bölgan bölişi mumkin. Rimliklar uni noldan qurişdan köra, köproq moslaştirgan.

Yöllar tarmoği olimlarga Yevropa tarixidagi köp muhim voqealar qanday keçganini tuşunişda yordam berişi mumkin. Ommaviy migratsiyalar va pandemiyalar — bularning barçasiga Rim imperiyasining yöl tizimi ma’lum darajada ta’sir körsatgan.