Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik oyna ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi
Shishaga chuqur ishlov berish va yirik o‘lchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zavodga rasmiy poydevor qo‘yish marosimi tashkil etildi. U Xitoyning savdo-sanoat kompaniyasi «Min'yuan silu» tomonidan barpo etiladi. Marosim 16 dekabr kuni O‘zbekistonning «Jizzax» erkin iqtisodiy hududida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda, 1news.uz sayti xabar qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 110 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Rejaga muvofiq, uning birinchi navbati 2017 yil mayida foydalanishga topshiriladi. Uning to‘liq quvvat bilan ishga tushishi 2019 yil sentabriga belgilangan.
Bu vaqtga kelib, «Min'yuan silu» Markaziy Osiyo mintaqasida shisha mahsulotlari, katta o‘lchamli oyna ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyaga aylanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 20.01.2026
“Tajovuzning mafkuraviy boshlanishi” - ekspertlar Duginning chiqishi haqida
20:02 / 18.01.2026
Yana bir propagandachi Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga qarshi chiqdi
15:08 / 14.01.2026
Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilishi kerak - Bobur Bekmurodov
19:01 / 12.01.2026