Foto: Bugun Samarqandda xalqaro sayyohlik markazi ochiladi. Marosimda prezident ishtirok etadi
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida xalqaro sayyohlik markazi qurib bitkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida ushbu markazning ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq prezident axborot xizmati Shavkat Mirziyoyev Samarqand tomon yo‘lga chiqqanini xabar qilgandi.
Markazda «Boqiy shahar majmuasi» ham tashkil etilgan bo‘lib, unda hunarmandchilik va boshqa milliy an’analar o‘z aksini topgan. Majmuada XVII-XVIII asrlarni yodga soluvchi muhit yaratilgan. Bu yerda milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, Chorsu sharq bozori, barcha viloyatlardan kelgan usta-hunarmandlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lish mumkin.
«Boqiy shahar majmuasi» «Samarkand Touristic Centre» MChJ buyurtmasiga asosan 7 gektar maydonda barpo etilgan. Markazda 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta milliy taomlar restorani qurilgan.
Ma’lumot uchun, 15-16 sentabr kunlari Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning rahbarlari ishtirokida sammit bo‘ladi. Sammit aynan bugun ochilishi bo‘ladigan sayyohlik markazida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42