Jamiyat | 20:45 / 28.06.2020
46067
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olindi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish evaziga 1,4 million AQSh dollari so‘ragan.

Ma'lum qilinishicha, davlat xizmatchisi 25 iyun kuni DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu haqda rasmiy ma'lumot berilganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingani ma'lum bo‘lgan edi. Ushbu holatda ham mansabdor shaxsning shaxsi va aniq ish joyi ochiqlanmagandi.

Mavzuga oid