U paxta va ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaligining soliq organlarida mavjud bölgan 165,6 mln sömlik qarzdorligini viloyat soliq boşqarmasidagi hamkasbi orqali keçiktirib berişni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs söralgan pul mablağini öz xizmat xonasida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan boş inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni bunday qonunbuziliş holatlariga duç kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilişga çaqirmoqda. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.