Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchining sharoiti yaxshi bo‘lsa, jamiyatda kayfiyat o‘zgaradi - prezident
“Muallimlar uchun ipotekani arzonlashtirish masalasini muhokama qilishga tayyorman” – dedi davlat rahbari pedagoglar bilan uchrashuvda.
Foto: yuz.uz
“Maktab qurib berishimiz shart, bu bizning vazifamiz. Lekin maktabning ichidagi bilim, muhit, ma’naviyatni sizlar yaratib berasizlar. Bilasizmi, sizlar tarbiya qilgan farzand 10-15 yildan keyin o‘z natijasini ko‘rsatadi. Buning uchun qancha sabr-toqat kerakligini men yaxshi tushunaman. 10 yil maktab, 5 yil institutda o‘qigan o‘quvchingiz yetuk inson, mutaxassis bo‘lib yetishsa, sizlar baxtli bo‘lasizlar.
Men muallimlarimiz turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha har qanday takliflarni o‘rganishga tayyorman. Bir yo‘nalish – o‘qituvchilar uchun ipoteka shartlarini yengillashtirish bo‘yicha o‘ylab ko‘rishimiz mumkin. Bu ham o‘ziga xos yengillik. Chunki o‘qituvchining sharoiti yaxshi bo‘lsa, jamiyatda kayfiyat o‘zgaradi.
Lekin ta’limga jiddiy e’tibor berishimiz, har kuni o‘z ustimizda ishlashimiz shart. Mana bir misol – repetitor bir yilda bolalarimizga til o‘rgatadi. Maktab esa 10 yil ham o‘rgata olmasa, bu holat bizni o‘ylantirishi kerak” – prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:36 / 15.09.2025
O‘zbekiston mintaqaviy ta’lim va ilm-fan xabiga aylantiriladi – prezident
20:28 / 15.09.2025
Prezident pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
12:19 / 31.07.2025