Jahon | 00:41 / 12.10.2018
12008
1 daqiqa o‘qiladi

“Maykl” dovuli Floridadagi harbiy bazani vayron qildi 

AQSh harbiy-havo kuchlarining Tindalldagi bazasi (Florida shtati) “Maykl” dovuli oqibatida anchagina talofat ko‘rdi. Business Insider nashrining ma'lum qilishicha, shamol tezligi 200 km/soat tezlikka yetgan.

The F22 Raptor
Foto: Getty

Harbiy bazaning Facebook’dagi sahifasida baza kuchli talofat ko‘rgani ma'lum qilingan, biroq ko‘rilgan ziyonlar haqida aniq bir narsa deyilmagan.

Ураган Майкл уничтожил базу ВВС во Флориде - Business Insider
Foto: Christine Lynch/Twitter

Xabarda ta'kidlanishicha, bazadagi barcha samolyotlar 8 oktabrda Ogayo shtatidagi Rayt-Patterson harbiy bazasiga evakuatsiya qilingan. Shuningdek, barcha harbiylarga ham ketish buyurilgan.

Tindalldagi bazada F-22, F-15 va F-35A samolyotlari joylashtirilgan. Bazaning asosiy vazifasi F-22 uchuvchilarini mashq qildirishdan iborat. 

Mavzuga oid