Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Pingvin oilaviy xiyonatni kechirmadi
National Geographic
National Geographic saytida ikkita magellan pingvini o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qonli jang manzarasi tushirilgan videorolik paydo bo‘ldi. Bu rolikni Argentinadagi qo‘riqxonada ishlovchi Punta Tombo videotasmaga tushirgan. Har kuz mavsumida bu yerda bir necha yuzlab pingvinlar qo‘yib yuboriladi.
Aslini olib qaraladigan bo‘lsa, magellan pingvinlarining juftlari uzoq yillar birga yashashadi. Buni hatto 16 yilga qiyoslashgan. Ammo hamma modalar ham bitta erkak pingvin bilan hayotini o‘tkazishni istamagan, shekilli.
Urush shundan chiqqanki, nar uyga qaytib kelganida uning jufti o‘ziga boshqa bir nar topib olgan edi. Pingvinlar shu zahoti bir-birlariga tashlanishdi, qanotlari bilan bir-birlarini savalay boshlashdi. Pingvinlarning qanoti o‘ziga xos anatomik tuzilishga ega bo‘lgani uchun, u raqibga qaqshatgich zarba berishi mumkin.
Bir safar janjal to‘xtatildi va raqiblar moda birortalarini tanlashga chaqirildi. U esa yangisini tanladi va jang davom etdi.
«Xiyonatga uchragan er» so‘nggi daqiqalarga qadar jang qildi, ammo kuchi yetmasligiga ko‘zi yetgach, chekindi. Ketish chog‘ida u inini buzib ketdi, g‘olib esa unga qarata baqirdi va ortidan quvdi.
Kadr ortida gapirayotgan ovozning ma'lum qilishicha, kolonnada to‘rt millionga yaqin pingvin bor.
Mavzuga oid
18:48 / 19.07.2025
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini fosh qildi
00:29 / 17.04.2025
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
08:00 / 14.03.2025
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi
22:26 / 02.01.2025