Astronomer (AQŞ) IT-kompaniyasi boş direktori Endi Bayron Boston şahridagi Coldplay guruhi konsertida kulgili va noqulay ahvolga tuşib qoldi.
17 iyul kuni ötkazilgan konsertning tanaffus vaqtida an’anaviy «Öpiç kamerasi» şousi taşkil etildi. Unda TV kamerasi konsertga birga kelgan erkak va ayolga qaratiladi, ular esa bir-birini öpişi kerak. Uşbu şou Qöşma Ştatlardagi köplab tadbirlar, sport öyinlarida maşhur bölib, köngiloçar an’anaga aylangan.
Coldplay guruhi konsertida TV kamerasi obektiviga kutilmaganda aynan Endi Bayron tuşib qoldi. U bir ayolni quçoqlab turgan holatda edi. Özini katta ekranda körib qolgan Bayron darhol çetga qoçdi, ayol esa yuzini yaşirib oldi. Tadbirni ötkazayotgan Coldplay frontmeni «Qaranga-a, yo ularning işqiy munosabati bor yoki ular juda uyatçan», dedi.
Konsertdan olingan rolik ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalaşdi. OAV vakillari video «qahramonlari» - Astronomer boş direktori Endi Bayron va uning hamkasbi, xodimlar böyiça menejer Kristin Kebot ekanini tezda aniqlab olişdi.
Bayronning uylangani hammaga ma’lumligi sababli, u ehtimoliy xiyonatda gumon qilindi. Kebot ham turmuşga çiqqan bölişi mumkin, ammo buni omma oldida tasdiqlamagan. Bayron ham, Kebot ham rolik böyiça izoh bermadi.
Astronomer (AQŞ) IT-kompaniyasi direktorlar kengaşi uşbu video tarqalgaç, içki tekşiruv boşlanganini e’lon qildi.
«Astronomer taşkil etilganidan beri biz qadriyatlar va madaniyatga sodiqmiz. Biz yetakçilarimiz ham xulq-atvor, ham mas’uliyat böyiça standartlar örnatişini kutamiz», deyiladi kompaniya bayonotida.
Qayd etilişiça, içki tekşiruv paytida Bayron ta’tilga çiqarilgan. Uning vazifasini Astronomer hammuassisi va mahsulot böyiça boş direktori Pit Dejyey vaqtinça bajaradi.












