Rossiyada 2024 yilda 145 kişi davlatga xiyonat (RF Jinoyat kodeksining 275-moddasi) işlari böyiça sudlandi. Bu haqda Sud departamenti ma’lumotlariga tayanib, «Vajniye istorii» xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu 2023 yilgi körsatkiçlardan tört barobarga köp va zamonaviy Rossiya tarixidagi barça körsatkiçlardan yuqori.
Sudlar bir yil davomida 23 nafar rossiyalikni josuslik (Jinoyat kodeksining 276-moddasi) uçun jazoga hukm etgan — bu 2023 yilga nisbatan 2,5 barobarga köp. Yuqoridagi ikki modda böyiça sudlangan şaxslar soni qöşiladigan bölsa, Rossiya sudlari ötgan yili kunora bir kişini «xiyonat» uçun qamoqqa hukm etgan.
Maxfiy ravişda çet el davlatlari bilan hamkorlik qiliş böyiça sudlanganlar soni 10 baravarga oşgan — ötgan yili uşbu modda asosida 21 nafar rossiyalik aybdor deb topilgan. Mazkur moddaning özi Jinoyat kodeksiga Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi boşlanganidan söng kiritilgan.
Bundan taşqari, davlat sirlariga oid moddalar böyiça jazoga tortilganlar soni ham oşgan. Ötgan yili uşbu moddalar böyiça 209 kişi sudlangan — bu ötgan yilga nisbatan 30 foizga köp.
RTVI e’lon qilgan statistikaga köra, ötgan yil davomida josuslik moddasi böyiça kamida 28 kişi sudlangan. Ularning 18 nafari Ukraina fuqarosi, 7 nafari rossiyalik, 2 nafari esa AQŞ fuqarosi.
2024 yil dekabrda Vladimir Putin FXXdan Rossiyada xoinlarni aniqlaş böyiça işini kuçaytirişni talab qilgandi. «Çet el maxsus xizmatlari faoliyatini tezda töxtatiş, qöporuvçilik va terrorçilik harakatlarini uyuştirayotganlarga qarşi faol kuraş olib boriş, josus va xoinlarni aniqlaş zarur», — degandi u Xavfsizlik xodimlari kuni munosabati bilan yöllagan videomurojaatida.












