Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Innovatsiya markazi tashkil etiladi
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Bu haqda Norma xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
Bundan tashqari, quyidagilar DUK shaklida qayta tashkil etilgan holda Milliy markaz tizimiga o‘tkaziladi:
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;
«O‘zagrokimyohimoya» AJning «O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
Hujjat bilan Milliy markazning tashkiliy tuzilmasi, uning boshqaruv apparati tuzilmasi, shuningdek hududiy agroxizmatlar markazlari namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Milliy markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda tashkil etiladigan hududiy agroxizmatlar markazlari joylashuv manzillari ro‘yxati ishlab chiqildi.
Milliy markazning qo‘shimcha 11 nafar hamda hududiy agroxizmatlar markazlarining qo‘shimcha 119 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning mavjud shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.
Fan va ta'limning uzviy integratsiyasini ta'minlash maqsadida tajriba-sinov tariqasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarining kafedra mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishli ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:33 / 22.12.2025