Sirdaryoda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Lacetti va Nexia mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida 6 va 3 yoshli bolalar ham bor.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 23 may kuni soat 12:45 larda, A-376 xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o‘tgan 234-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1988 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1970 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi Nexia mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Oqibatda, Lacetti mashinasi haydovchisi Sh.A. va uning salonida bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan A.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, Lacetti salonida bo‘lgan 2016 yilda tug‘ilgan N.A. va 2019 yilda tug‘ilgan T.A. hamda Nexia mashinasi haydovchisi N.U. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Nexia mashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi yonib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024