O‘zbekiston | 12:37 / 18.01.2018
6139
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimiyati «Raqamli ofis» tizimini joriy qiladi

Foto: Uzdaily

Toshkent hokimiyati Janubiy Koreyaning Seul shahri tajribasidan foydalangan holda shaharni boshqarish bo‘yicha «Raqamli ofis» tizimini joriy qiladi.

Seul delegatsiyasi «Raqamli ofis» tizimini joriy qilish, davlat xizmatlarini takomillashtirish, shuningdek, Seul ko‘chasini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston poytaxti hokimiyatiga ko‘mak berish uchun Toshkentga keldi.

Janubiy Koreya mutaxassislari 16-23-yanvar kunlari joylardagi obektlarni o‘rganish va ish hajmini baholash uchun dastlabki tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.

Xususan, Seul delegatsiyasi Toshkent shahar hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi, uy-joy kommunal xizmati boshqarmasi, xalq qabulxonasi, Toshkent IIBB IT-tizimi faoliyati bilan tanishadi.

Tadbir davomida Janubiy Koreya ekspertlari shaharni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarishga samarali yondashuv, murojaatlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

Poytaxt hokimiyatida Seul delegatsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, tumanlararo tarmoqlar faoliyatini muvofiqlashtirish innovatsion tizimi bilan tanishdi. Janubiy Koreya poytaxtining ushbu yo‘nalishdagi yutuqlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid