Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi
Yirtqich maktab hududiga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf tug‘dirgan. Shuningdek, ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlanib, jarohat yetkazgan.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida qishloqqa ayiq kelib qoldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan.
Ayiq 74-sonli maktab hududiga ham kirgan. Holat kutilmaganda yuz bergan va ayiq tajovuzkor harakat qilgan. Yirtqich maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va u otib o‘ldirilgan.
Jarohat olgan IIB xodimi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Avvalroq Jizzaxdagi Chakan qishlog‘iga tog‘dan ayiq tushib kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:33
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024