Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tadbirkorning o‘g‘li elektromontyor ishlayotgan beton tayanchni buldozer bilan yiqitmoqchi bo‘ldi
Andijonda elektr ta'minotidan qarzdor bo‘lgan korxonaga elektr simlarini uzish uchun kelgan ishchi guruh hujumga uchradi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi «Ikromjon mega invest rivoj» MChJ rahbarining o‘g‘li qarzdorlik uchun elektr simini uzmoqchi bo‘lgan elektromontyor ustiga buldozer haydab, haqorat qilib, tan jarohati yetkazdi. Ma'lum bo‘lishicha, korxonaning 168 mln 176,5 ming so‘m miqdoridagi qarzdorligi bo‘lgan.
Kun.uz ixtiyoriga yetib kelgan videoda ko‘rish mumkinki, korxona rahbarining o‘g‘li, D. ismli shaxs korxonaga tegishli bo‘lgan buldozerni harakatga keltirib, kelganlarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan va xizmat vazifasini bajarayotgan elektromontyorning hayotini xavf ostida qoldirib, buldozer cho‘michi bilan beton tayanchni urib, sindirmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, tayanchda turgan xodimga tosh otib, uni haqorat qilgan. Bundan tashqari, buldozerni u yerda bo‘lgan ishchi guruh xodimlarning ustiga haydab kelib, ularning hayotini xavf ostida qoldirgan. O‘z xizmat vazifasini bajarayotgan tuman elektr ta'minoti korxonasi elektromontyorini urib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:57 / 07.04.2026
2026 yilning birinchi choragida elektr ishlab chiqarish 7 foizga oshdi
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
18:02 / 12.03.2026