Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda Xitoyning Hainan Xintanbo Investment kompaniyasi örtasida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş böyiça bitim imzolandi.

Kelişuvga muvofiq, Andijon viloyatida törtta yirik loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ular qatorida Xonobod şahrida xalqaro logistika markazi — «Quruq port» taşkil etiş alohida ahamiyat kasb etadi.

Şuningdek, Yangi Andijon (Bobur) massivida köp funksiyali turar joy majmuasini quriş, «Sun’iy köl» turistik majmuasini rivojlantiriş, muhandislik-kommunikatsiya va yöl infratuzilmasini barpo etiş işlari ham közda tutilgan.

Ma’lum qilinişiça, loyihalarning umumiy qiymati 1,4 milliard dollardan ortiqni taşkil etadi. Ularning amalga oşirilişi natijasida 2000 dan ziyod yangi iş örinlari yaratilişi kutilmoqda.

Mazkur taşabbus Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyatini oşiriş, transport-logistika imkoniyatlarini kengaytiriş hamda Özbekiston–Xitoy investitsiyaviy hamkorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.