Andijon viloyat hokimi örinbosari Isomiddin Ismanov öz uyida 50 ming dollar pora olayotganda qölga olindi. Kun.uz’ning prokuratura tizimidagi manbasi uşbu ma’lumotni tasdiqladi. 

Qayd etilişiça, hokim örinbosari fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun Bobur şaharçasi hududidagi davlat zaxirasida bölgan 20 sotix yer maydonini viloyat quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi boşliği orqali auksionga qöydirib, uning nomiga rasmiylaştirib va kelgusida uşbu joyda quriliş uçun ruxsatnoma olib berişini aytib, buning evaziga 50 ming dollar talab qilgan. 

Fuqaro arizasiga köra 4 aprel kuni DXX va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tezkor tadbir ötkazgan. Hokim örinbosari söralgan pulni öz uyida olayotgan vaqtida qölga olingan.

5 aprel kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi, hokim örinbosari protsessual tartibda uşlangan.

Ma’lumot uçun, Isomiddin Ismanov 2025 yil dekabridan buyon Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

U muqaddam Içki işlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Xususan, 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boşliği örinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boşliği vazifasida işlagan. U 2021 yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangandi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil kuzida ham Andijon viloyati hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari Botirjon Hamroyev budjet mablağlari talon-toroj qilinişi, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va boşqa holatlarda ayblanib, 7 yil muddatga qamalgandi. Öşanda uning uyidan katta miqdorda naqd pul topilgani haqida xabarlar tarqalgandi, keyinroq bu xabar tasdiqlanmadi. 2026 yil yanvarida apellyatsiya sudi Hamroyevga tayinlangan jazoni yetkazilgan zarar qoplangani munosabati bilan özgartirgani va u ozodlikka çiqqani ma’lum bölgandi.