O‘zbekiston | 08:52 / 19.09.2018
30284
2 daqiqa o‘qiladi

Bir oylik harbiy xizmatga to‘lov to‘langan bo‘lib, fuqaro xizmatga yaroqsiz deb topilsa pul qaytariladimi?

Foto: KUN.UZ

Qonunchilikka muvofiq, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda qaytarib beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Bunda ushbu shaxs TMEK xulosasi va Maxsus hisob raqamiga badallar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tomonlarning imzolari qo‘yilgan shartnomaning nusxasini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza beradi.

Mudofaa ishlari bo‘limi, mudofaa ishlari boshqarmasidan Maxsus hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng (pul mablag‘ini kelib tushishi bilan bog‘liq taomillar 9 ish kunida amalga oshiriladi) uch kun muddatda pul mablag‘larini qanday tartibda to‘langan bo‘lsa shu shaklda qaytarib beradi (naqd to‘lagan bo‘lsa naqd shaklda, pul o‘tkazilgan bo‘lsa pul mablag‘larini tegishli hisob raqamga o‘tkaziladi).

Mavzuga oid