Daromad va baxt örtasidagi boğliqlik

Nobel mukofoti sovrindorlari Daniel Kaneman va Angus Deaton 2010 yilda ötkazgan maşhur tadqiqotida şunday xulosa çiqargandi: daromad yiliga taxminan 75 ming dollarga yetgaç, insonning baxt darajasi deyarli oşmay qoladi. Bu miqdor bilan göyoki barça asosiy ehtiyojlarni qondiriş va orzu qilingan farovonlikka yaqinlaşiş mumkin. Ammo vaqt ötgan sayin pul qadrsizlana boşladi, inflatsiya ösdi. 2021 yilda Pensilvaniya universiteti professori Metyu Killingsvort yuqoridagi xulosaga qarşi çiqdi. U 34 ming insonning kayfiyati va hayotdan qoniqişini real vaqt rejimida örgandi va umumiy 1,7 milliondan ortiq yiğilgan javoblarni tahlil qildi. Killingsvortning xulosasi boşqaça böldi: daromad oşgani sari baxt ham oşişda davom etadi va 75 ming dollarlik qat’iy çegara mavjud emas. Keyinçalik Kahneman va Killingsvort birgalikda iş olib borişdi va insonlarning taxminan 80 foizi uçun oddiy qoida işlaydi degan xulosaga keldi: pul qança köp bölsa, baxt ham oşib boraveradi. Biroq bu ta’sir har xil odamlar uçun turliça namoyon böladi. Emotsional jihatdan beqaror odamlar uçun baxt hissi daromadi yiliga 100 ming dollargaça bölganda tez ösadi, undan keyin ta’sir kamayadi. Allaqaçon hayotidan qoniqadigan odamlar uçun esa baxt hissi aynan şu daromad çegarasidan keyin tezroq oşadi.

10 million dollar

Bundan 4 yil oldin Bat universiteti psixologlari guruhi ham doktor Pol Beyn rahbarligida keng kölamli tadqiqot ötkazadi. Unda Fransiya va Saudiya Arabistonidan tortib Uganda va Vetnamgaça bölgan 33 mamlakatdan qariyb 8 ming kişi qatnaşadi. Iştirokçilarga şunday savol berildi: «Lotereyadan qança pul yutsangiz mutlaqo baxtli hayotga erişgan bölardingiz?» Tanlov imkoniyati juda keng edi: 10 ming dollardan 100 milliard dollargaça. Qiziği şundaki, eng katta summani deyarli heç kim tanlamagan. Qatnaşçilarning 86 foizi 10 million dollar yoki undan kamroq mablağ ham yetarli ekanini bildirgan. Ayrimlar yanada oz miqdor – 1 million dollar bilan ham özlarini dunyodagi eng baxtli inson deb hisoblaşga tayyorligini ma’lum qilgan.

Tadqiqotçilar xulosasiga köra, pulga nisbatan çeksiz ehtiyoj butun jamiyatga emas, balki undagi juda kiçik bir guruhga xos xususiyat.

Pul odamlarni oldingidan köra baxtliroq qilyapti