Termiz şahar Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaroni aldaşga uringan. U göyoki uşbu bölim yaqin vaqt içida boşqa joyga köçirilişini aytib, böşaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanişlari orqali auksiondan sotib olib berişni va’da qilgan.
Bu xizmat evaziga u fuqarodan 3 ming AQŞ dollari talab qilgani aniqlangan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor şaxs 2 ming AQŞ dollari va 12 million söm olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda DXXning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qiliş söraldi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanadi.








