Jamiyat | 09:24 / 09.05.2017
5927
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda baliqchi harbiy samolyotning snaryadlari bo‘lgan qanotini topib oldi

Foto: TASS

Xitoyning Tanshan shahrida yashovchi erkak mahalliy daryolardan birida baliq ovlayotganda kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan harbiy samolyot qanotining 16 ta snaryad bor bo‘lgan bo‘lagini topib oldi. Bu haqda "Chjungo sinvenvan" portali xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda mutaxassislar 5 metrga 1,5 metrlik bo‘lakning kelib chiqishini aniqlash bilan shug‘ullanishmoqda. Snaryadlarni xavfsiz tashish maqsadida voqea joyiga politsiyachilar va qutqaruvchilar yetib kelishgan. Qanot bo‘lagi tadqiq qilish uchun shahar ma'muriyatiga jo‘natilgan.  

Mavzuga oid