Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati va muddatlarini aniqlash tartibi belgilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Loyiha - tadqiqot ishlarining qiymatini va muddatlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Nizom markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obektlar uchun loyiha-tadqiqot tashkilotlari, investorlar, buyurtmachilar, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lib, boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obektlari uchun tavsiyaviy tusga ega.
Nizom loyiha - tadqiqot hujjatlarini (loyiha, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar) ishlab chiqishda, shuningdek ishchi loyihalashdan oldingi texnik-iqtisodiy asoslanma (TIA) hamda texnik-iqtisodiy hisoblash (TIH) bosqichlarida loyiha-tadqiqot ishlarining asoslanma materiallari qiymatini aniqlashga mo‘ljallangan.
Nizomga muvofiq loyiha ishlarining joriy narxlarda belgilangan qiymati loyiha ishlarining ijrochisini aniqlash uchun tender (tanlov) savdolarini o‘tkazishda boshlang‘ich qiymat sifatida hamda davlat buyurtmachilari tomonidan loyiha - qidiruv ishlari bo‘yicha shartnomalar tender (tanlov) savdolarisiz to‘g‘ridan - to‘g‘ri tuzilgan hollarda qo‘llaniladi.
Loyiha - tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot loyiha - tadqiqot hujjatlarini ekspertiza organlarida hamda ishchi va davlat qabul komissiyalarida yoqlashda (ShNQ 1.03.07-2010 ga muvofiq loyiha - qidiruv tashkiloti tomonidan qurilish ustidan mualliflik nazoratini o‘tkazish hollarida) ishtirok etadi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda loyiha – qidiruv ishlarining Manzilli ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng Buyurtmachilar ikki hafta muddatda birlamchi – ruxsat beruvchi hujjatlarni, jumladan:
tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini ajratish yoki rekonstruksiya (kapital ta'mirlash) to‘g‘risidagi qarorini;
binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashda nuqson dalolatnomalarini;
loyihalashtirish topshiriqlarini tayyorlashni ta'minlashlari shart.
Buyurtmachilar ko‘rsatib o‘tilgan birlamchi - ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlash bilan bir vaqtning o‘zida ikki oy muddatda quyidagi chora-tadbirlarni tashkil etishni va bajarishni ta'minlaydilar:
arxitektura - rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta'mirlanadigan binolar va inshootlarni texnik holatini o‘rganish;
mahalliy hokimlikning joydagi binolarning inventarizatsiyasi materiallari, mavjud bino va inshootlarni buzish va kompensatsiya usullari ko‘rsatilgan qarori;
loyihalashtirish uchun muhandislik – texnik qidiruv ishlarini bajarish (loyihalashtiriladigan maydon bo‘yicha 1:500 masshtabda, tashqi tarmoqlar bo‘yicha 1:1000 yoki 1:500 masshtabda topoxarita va muhandislik – geologiya xulosasini tayyorlash);
o‘rnatilgan tartibda tender (tanlov) hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.
O‘rnatilgan tartibda manzilli ro‘yxatlar va loyihalashtirish topshirig‘i tasdiqlanib, tender (tanlov) savdolari o‘tkazilib, shartnomalarni ikki tomonlama imzolash hamda loyiha tashkiloti uchun Buyurtmachi tomonidan qisman va/yoki to‘liq moliyalashtirish ochish ularga loyiha ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Loyiha tashkilotlari loyiha hujjatlarini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlab chiqilishini ta'minlashi shart.
Loyiha - qidiruv ishlari muddatlari (aniq ish hajmlarini hisobga olib) loyihalashtirish topshirig‘ida quyidagi muddatlar atrofida aniqlanadi:
kapital ta'mirlash obektlari bo‘yicha – 1,5 oy;
rekonstruksiya obektlari bo‘yicha – 3 oy;
namunaviy loyihalar va qayta (bazaviy) qo‘llaniladigan loyihalar asosida yangi qurilayotgan obektlar bo‘yicha – 3 - 4 oy;
yirik obektlar qurilishi va rekonstruksiyasi bo‘yicha – 4 oy.
Buyurtmachi va loyihachi o‘zaro kelishuviga asosan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish muddatlari loyiha ishlarini bajarish muddatlari normasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Monitoring olib borish maqsadida Buyurtmachi loyiha tashkiloti bilan birgalikda tuzilgan shartnomalar asosida loyiha-qidiruv ishlarini bajarish grafigini tuzadi.
Buyurtmachilar loyiha hujjatlari tayyor bo‘lishi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ularni davlat ekspertizasiga topshirishni ta'minlaydilar.
Davlat ekspertiza organlari bir oydan oshmagan muddatda obektlar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazib tegishli ekspertiza xulosasini taqdim etadi.
Mavzuga oid
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
11:42 / 11.12.2025