O‘zbekiston | 20:08 / 20.01.2021
4114
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkentda bemorlarga bepul xizmat ko‘rsatadigan gemodializ markazlari quriladi

Hindistonning «Nefroplyus» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida jami 4 ta gemodializ markazi quriladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizovning ta'kidlashicha, Hindistonning «Nefroplyus» kompaniyasi bemorlarga gemodializ muolajasini ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan 9,8 mln. dollarlik loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida jami 4 ta gemodializ markazi quriladi va u zarur zamonaviy tibbiy jihozlar hamda malakali mutaxassislar bilan ta'minlanadi. Loyiha doirasida 10 yil davomida ushbu hududlarda gemodializga muhtoj 1 100 nafar bemorga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Yangi gemodializ markazlari 2022 yilning fevral oyida ishga tushiriladi. Loyihaning ikkinchi bosqichida boshqa hududlarda ham xuddi shu jarayonlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

DXShning shartlariga ko‘ra, qurilgan gemodializ markazlari tibbiy uskuna va yaratilgan sharoitlari bilan birgalikda 10 yildan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi.

Mavzuga oid