Andijonda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga mashinalarni navbatsiz kiritayotgan shaxslarga qamoq jazosi tayinlandi
Oltinko‘l tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga pul evaziga mashinalarni navbatsiz kiritayotgan 2 nafar shaxsga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, “SIFATLI METAN GAZ” MChJ avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritayotgan 2 nafar shaxslar shu tumanda yashovchi K.O‘. va S.O.lar ekani aniqlangan.
Ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194-modda 1-qismi hamda 200-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudiga yuborilgan.
2022 yil12 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi tomonidan K.O‘. va S.O.larga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
15:18 / 20.11.2024
Yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalari bo‘yicha mobil ilova ishga tushirildi
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024