O‘zbekiston | 14:46 / 05.02.2021
19121
2 daqiqa o‘qiladi

«Hech kimga qaram bo‘lmasa, prezident bilan ham boshqacha gaplashadi» – Shavkat Mirziyoyev prezidentga talab qo‘yadigan yoshlar haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida mamlakatdagi yoshlar uchun qilinayotgan ishlar va ulardan nima kutilishi haqida gapirib o‘tdi. 

«Yerni bo‘lib berish tarixda bo‘lmagan. Yana bir bor aytaman, farzandlarim qiynalmoqda, chetda yuribdi... Yer hammamizni boqadi. Imkoniyatimiz hozircha shu. Lekin ko‘rasiz, ikki yildan keyin juda katta tajriba orttiramiz. Men bunga ishonaman.

Bolalar ikki yildan keyin bunday gaplashmaydi men bilaman. O‘zining fikrini gapiradi. 

Esingizda bo‘lsa, ko‘rdingiz-ku, «To‘xtab turing, men talab qilaman» dedi. Menga bu narsa yoqdi. Men shuni kutaman — talab qilish kerak. Men ham yosh bo‘lganman, unda imkoniyat yo‘q edi, hozir «talab qilaman» degani ongi o‘zgarganidan dalolat. Kim bunday qiladi? O‘ziga ishongan.

Nima uchun men bularni ishontiryapman? Bular ikki yildan keyin manfaatdor bo‘lib, bankda o‘z hisobi bo‘lsa, bolasiniyam, oilasiniyam, uyiniyam olishda hech kimga qaram bo‘lmaydi. U o‘zini mehnati orqali topgan bo‘ladi, keyin u prezident bilan gaplashishda ham kuch-qudrati, dunyoqarashi va savol berishi boshqacha bo‘ladi», degan davlat rahbari.

Mavzuga oid