Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi uni yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik ko‘rsatganlikda aybladi.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 15 yil direktor bo‘lgan va ishdan bo‘shatilgan ayol direktor o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi. Qayd qilinishicha, 2010 yildan 2025 yil 16 sentabrgacha Z.A. direktor lavozimida ishlagan. So‘ngra Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga (Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) muvofiq bekor qilingan.
«Shundan so‘ng, sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik ko‘rsatgan. 2025 yil 13 oktabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topshirilishi chog‘ida Z.A. tomonidan faol qarshilik bo‘lgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan», deyiladi izohda.
Ta’kidlanishicha, Boshqarma qaroriga ko‘ra, 39-son maktab rahbarligiga tegishli tartibda E.A. tayinlangan va bugungi kunda maktabda o‘quv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:07 / 26.12.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi: 2025 yilda 59 ta yangi maktab ishga tushirildi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
22:08 / 22.12.2025
Boylar “o‘yini” yoxud oshkora kamsitish: maktablarda urfga kirayotgan “Sekret Santa” odamlarga qanday ta’sir qilyapti?
09:54 / 22.12.2025