O‘zbekiston | 10:48 / 29.03.2023
8037
1 daqiqa o‘qiladi
YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat berildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
- transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
- narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.
Hujjat 28.03.2023 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:20 / 04.06.2024
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi
20:41 / 13.05.2024
Xorazmda YPX xodimidan yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi jazolandi
16:31 / 02.05.2024
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
15:15 / 02.05.2024